2026-yil 17-mart kuni Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishiga b...
2026-yil 17-mart kuni Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishiga bag‘ishlangan rasmiy iftorlik marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ishtirok etdi. Faxriy mehmonlar orasida hukumat vakillari, diplomatik korpus, akademik doiralar, madaniyat va fan arboblari, shuningdek, diniy konfessiyalar rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston Bahoiy jamoasi vakillari ham bor edi. Kechaning alohida hayajonli daqiqasi Oliy muftiy tomonidan yurtimizga tinchlik, omonlik va taraqqiyot tilab qilingan duo bo‘ldi. Bu uchrashuvda hukm surgan ma’naviy birlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamladi. Tadbir yakunida Janob Prezident ishtirokchilar bilan shaxsan salomlashdi. Bahoiy jamoasi vakili davlat rahbari bilan qisqa muloqot qilish, u kishini muqaddas Ramazon bayrami bilan tabriklash hamda sihat-salomatlik va farovonlik tilab, samimiy tilaklarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. [Instagram](http://Instagram.com/bahai_uz) | [Telegram](http://t.me/bahaiuz) | [YouTube](http://YouTube.com/@bahaiuz) | [Web](http://bahai.uz/) | [Facebook](http://fb.com/bahai.uzb)
Канал в каталоге Максиметера
29 подписчиков · Новости