Ucell ilovasida kontent obunalarini boshqaring
Ucell ilovasida kontent obunalarini boshqaring Ucell ilovasida pullik kontent xizmatlarini boshqarish uchun qulay bo‘lim paydo bo‘ldi. Bu yerda yangi Ucell platformasi orqali ulangan obunalar jamlangan. Har bir xizmat bo‘yicha narx, avtomatik uzaytirish shartlari va kontent yetkazib beruvchisi ko‘rsatilgan. Obunalarni qanday boshqarish mumkin: Ucell ilovasini oching. «Xizmatlar» bo‘limiga o‘ting. Ulangan xizmatlar ro‘yxatini ko‘rib chiqing va keraksizlarini bir bosish orqali o‘chirib qo‘ying. Quyi qismdagi katalogdan o‘zingizni qiziqtirgan kontentni tanlang va xizmatni bevosita ilovaning o‘zida ulang. Platformada yangi xizmatlarni ulash abonent buni Ucell ilovasida yoki SMS orqali tasdiqlasagina amalga oshiriladi. Qo‘shilgan kontent xizmatlari ro‘yxati bilan Ucell saytida tanishish mumkin: https://ucell.uz/uz/services/information_services Aksariyat servislar allaqachon yangi platformaga o‘tkazilgan. Qolganlarini esa töliq shaffoflikni ta'minlash maqsadida ötkazilishi amalga oshirilmoqda. Ucell ilovasini yuklab oling: RU: https://ucell.uz/csur UZ: https://ucell.uz/csuu