Apple Payni kutdingizmi? Octobank kartalari bilan u allaqachon ishlamoqda!
Apple Payni kutdingizmi? Octobank kartalari bilan u allaqachon ishlamoqda! Endi iPhone, Apple Watch, iPad va Mac orqali xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin! Octobank kartalari egalari O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib ushbu xizmatdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi. Endi Octobankning Visa va Mastercard kartalarini Apple Walletga qo‘shib, Apple qurilmalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. 🛍 Do‘konlarda — kontaktsiz to‘lov terminalida iPhone yoki Apple Watch orqali; ⌨️ Onlayn — iPad va Mac orqali, karta ma’lumotlarini qo‘lda kiritmasdan. Xaridni qurilmangizda tasdiqlaysiz, Apple Pay esa karta raqamingizni himoya qiladi — sotuvchiga uzatilmaydi. Tez orada Apple Pay HUMO kartalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Octobank kartangizni Apple Walletga qo‘shing va keyingi xaridingizdayoq yangi to‘lov usulini sinab ko‘ring!