🟣Dastlabki 24 soat ichida o‘zbekistonliklar Apple Pay orqali 2,8 milliard so‘mlik to‘l...
🟣Dastlabki 24 soat ichida o‘zbekistonliklar Apple Pay orqali 2,8 milliard so‘mlik to‘lovni amalga oshirdilar Ishga tushirilgandan keyingi dastlabki 24 soat ichida Uzum Bankning 142 ming nafar mijozi Apple Wallet'ga kartalar qo‘shdi va servis yordamida jami 2,8 milliard so‘mlik tranzaksiyalarni amalga oshirdi, takroriy to‘lovlar ulushi esa 48,3% ni tashkil etdi. Foydalanuvchilar orasida eng ommabop to‘lovlar jamoat transporti, oziq-ovqat do‘konlari, restoran va kafelarda amalga oshirilgan bo‘lib, eng katta chek 8,4 million so‘mni tashkil etdi. Apple Pay aksiyasining ilk 24 soati davomida Uzum Bank mijozlari 1,2 mlrd so‘m keshbekka ega bo‘lishdi. — Apple Pay'ning ishga tushirilishi — O‘zbekistonning global fintechga integratsiyalashuvidagi muhim qadamdir: endi o‘zbekistonliklar butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlar foydalanadigan to‘lov usulidan foydalanishlari mumkin. Apple Pay'ga Uzum Bankning Visa kartasini qo‘shish mumkin. Mijozlarimiz Apple Pay'ni uzoq vaqtdan beri kutayotgan edilar va dastlabki kun buni tasdiqladi: odamlar xizmatni shunchaki ulabgina qolmay, darhol undan muntazam ravishda foydalana boshladilar, — dedi Uzum Bank boshqaruvi raisi Svetlana Xe. Servis ishga tushirilishi munosabati bilan bank aksiya shartlariga muvofiq Apple Pay orqali amalga oshirilgan ilk xarid uchun 100% yoki 50 000 so‘mgacha keshbek taklif etmoqda. 👉 Aksiyaning batafsil shartlari