Asia Alliance Bank onlayn mikroqarz shartlarini yangiladi
Asia Alliance Bank onlayn mikroqarz shartlarini yangiladi Endi 100 mln so‘mgacha mikroqarzni bankka bormasdan, kafilsiz va sug‘urta xarajatisiz Alliance Pay orqali rasmiylashtirish mumkin. 🔹 «Online Imkoniyat» — rasmiy daromadga ega fuqarolar uchun: 2–100 mln so‘m, 1–36 oy, yillik 27–38%. Stavka skoring natijasiga bog‘liq. 🔹 «Online» — ish haqi yoki pensiyasini bank kartasiga oluvchilar uchun: 500 ming–100 mln so‘m, 1–36 oy, yillik 25–38%. Ma’qullangan ariza 48 soat ichida telefon orqali tasdiqlanadi. Har ikki dasturda sug‘urta xarajatini bank qoplaydi, annuitet yoki differensial to‘lovni tanlash mumkin. Mablag‘ bank kartasiga o‘tkaziladi. Talablar: 21–60 yosh, so‘nggi 6 oyda rasmiy daromad, muddati o‘tgan yoki MIBdagi qarzdorlik bo‘lmasligi. Oylik to‘lov daromadning 50% idan oshmasligi kerak. Batafsil Asia Alliance Bank saytida.