🔴 Jahongir Ortiqxo‘jayev: "10 ming nafar vatandoshni ish bilan ta’minlaymiz" — 19 августа 2026 г. в 11:02:18.277
🔴 Jahongir Ortiqxo‘jayev: "10 ming nafar vatandoshni ish bilan ta’minlaymiz" 📇 Tadbirkor, Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev xorijda, xususan Rossiyada mehnat qilayotgan 10 ming nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatga qaytgach ish bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi. 💬 Uning aytishicha, buning uchun alohida koll-markaz tashkil etib, Rossiyadan qaytib O‘zbekistonda ishlash istagida bo‘lgan vatandoshlarni ishga joylashtirish mumkin. 📊 Ortiqxo‘jayev respublikadagi qariyb 600 ming tadbirkorni ham ushbu tashabbusga qo‘shilishga chaqirdi. Uning fikricha, har bir tadbirkor kamida ikki nafar vatandoshni ishga olsa, milliondan ortiq insonni ish bilan ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi. 🌎 Tadbirkor, shuningdek, xorijdagi loyihalar doirasida ham o‘zbekistonlik mutaxassis va quruvchilarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlari mavjudligini aytdi. Jumladan, Meksika va Saudiya Arabistonida yirik sanoat obyektlari, Albaniyada esa turistik majmua qurilishi bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish yuzasidan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. 📈 Ushbu loyihalar amalga oshsa, minglab o‘zbekistonliklarni xorijda ish bilan ta’minlash imkoniyati yaratilishi mumkin. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

