Migratsiya agentligining yangi rahbari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov kim? — 3 сентября 2026 г. в 18:01:02.047
Migratsiya agentligining yangi rahbari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov kim? Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov 1974-yil 14-fevralda Farg‘ona viloyati, Rishton tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda AQShdagi Kaliforniya universitetida tahsil olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan. Yaponiyaning Otaru kommersiya universitetida magistraturani, Xokkaydo universitetida doktoranturani tamomlagan. Abdurahmonovning mehnat faoliyati xususiy sektor, investitsiya, tashqi savdo va diplomatiya sohalarini qamrab olgan. U Coca-Cola kompaniyasida menejer, Yaponiyadagi MTRUSTCo. Ltd kompaniyasi bosh direktori, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i, Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2021-yildan O‘zbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritib, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ta’limiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan edi. M.Abdurahmonov yapon, ingliz, rus, tojik va arab tillarini mukammal biladi. Endi u xorijda mehnat qilayotgan va ishlash uchun chet elga chiqishni rejalashtirayotgan yuz minglab vatandoshlar bilan bog‘liq muhim yo‘nalishga rahbarlik qiladi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 📲 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

