𝟮𝟬𝟮𝟲-𝘆𝗶𝗹 𝟭-𝘀𝗲𝗻𝘁𝘆𝗮𝗯𝗿𝗱𝗮𝗻 𝗯𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗯 𝗱𝗮𝗿𝘀𝗹𝗮𝗿𝗱𝗮 𝘀𝗺𝗮𝗿𝘁�...
𝟮𝟬𝟮𝟲-𝘆𝗶𝗹 𝟭-𝘀𝗲𝗻𝘁𝘆𝗮𝗯𝗿𝗱𝗮𝗻 𝗯𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗯 𝗱𝗮𝗿𝘀𝗹𝗮𝗿𝗱𝗮 𝘀𝗺𝗮𝗿𝘁𝗳𝗼𝗻𝗹𝗮𝗿𝗱𝗮𝗻 𝗳𝗼𝘆𝗱𝗮𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵 𝗯𝘂𝘁𝘂𝗻𝗹𝗮𝘆 𝘁𝗮𝗾𝗶𝗾𝗹𝗮𝗻𝗮𝗱𝗶 Rossiyalik maktab oʻquvchilari endi darslar vaqtida mobil telefonlardan foydalana olmaydi. Yangi qoidalar 2026-yil 1-sentyabrdan kuchga kiradi. Bu talablar Rossiya Maorif vazirligining №316 buyrugʻida yozilgan. Yangi qoidalar 26-avgust kuni tasdiqlandi. Bu haqda RF maorif vaziri Sergey Kravtsov TASS bilan suhbatda ma'lum qildi. Vazir darslar vaqtida telefonlardan foydalanishni taqiqlash mamlakat qonunlarida allaqachon mustahkamlab qoʻyilganini ta’kidladi. Darslarda mobil telefonlardan foydalanish faqat oʻquvchilar va maktab xodimlarining hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlargina mustasno boʻladi. Tanaffuslarda telefonlardan foydalanishga ruxsat beriladi, ammo bu har bir muayyan maktabning qoidalariga muvofiq boʻladi. Shuningdek, Rossiyada oʻrta sinf maktab oʻquvchilari uchun yangi ta'lim qoidalari tayyorlanmoqda. Bu ish 25-avgust kuni boshlandi. RF Maorif vazirligi 5–9 sinf oʻquvchilari uchun federal davlat ta'lim standartining (ФГОС) yangi tahririni ishlab chiqmoqda. Yangi standart bolalar maktab dasturini oʻzlashtirgandan soʻng qanday bilim va natijalarni koʻrsatishlari kerakligini aniq belgilab beradi.