Nihoyat Migratsiya agentligi xorijda işga joylaştiriş xizmatlari tariflarini pasaytirdi
Nihoyat Migratsiya agentligi xorijda işga joylaştiriş xizmatlari tariflarini pasaytirdi 2026-yil 20-oktyabrdan Migratsiya agentligining xorijda işga joylaştiriş va jönab ketişdan oldingi tayyorgarlik xizmatlari uçun yangi tariflari kuçga kirdi. Yangi narxlar Agentlik direktorining 2026-yil 19-oktyabrdagi 114-sonli buyruği bilan tasdiqlangan. Ular 20- oktyabrga qadar tuzilgan şartnomalarga tatbiq etilmaydi. 🇰🇷 Janubiy Koreyaga işga joylaştiriş E-9 vizasi asosida Janubiy Koreyaga işga yuboriladigan fuqarolar uçun xizmat haqi 50 BHMdan 10 BHMga tuşirildi. Amaldagi BHM böyiça bu 22 million söm örniga 4,4 million sömni taşkil etadi. E-7 vizasi asosida işga joylaştiriş xizmati uçun ham 10 BHM — 4,4 million söm belgilandi. 🇪🇺 Yevropa, Rossiya va arab davlatlari Migratsiya agentligi orqali Yevropa davlatlari, Rossiya Federatsiyasi va arab davlatlariga taşkiliy tartibda işga joylaştiriş xizmatlari uçun 2026-yil 31-dekabrga qadar tölov undirilmaydi. Şartnomada nazarda tutilgan hollarda xizmat haqi xorijiy iş beruvçi tomonidan qoplanişi mumkin. 🌍 Boşqa davlatlar uçun tariflar - Belarus Respublikasi — 44 ming söm; - Rossiyadan taşqari MDH davlatlari va Mongoliya — 440 ming söm; - Gruziya — 880 ming söm; - Turkiya — 1 million 320 ming söm. 🇯🇵 Yaponiyaga işga joylaştiriş Yaponiyaga texnologiyalar, gumanitar bilimlar va xalqaro işlar yönalişlari böyiça işga joylaştiriladigan oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilari uçun xizmat haqi 440 ming söm etib belgilandi. Maxsus malakali işçi va texnik stajirovka dasturlari böyiça xizmat haqi 4 million 400 ming sömni taşkil etadi. Belgilangan tariflar Migratsiya agentligi xizmatlariga taalluqli. Viza rasmiylaştiriş, aviaçipta, tibbiy körik va boşqa xarajatlar dastur hamda mehnat şartnomasi şartlariga muvofiq alohida tölanişi mumkin. Yangi tariflar haqidagi maʼlumotlarni Migratsiya agentligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida, şuningdek, 1282 qisqa raqami orqali oliş mumkin. MAX'ga a'zo böliş uçun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan çegarasiz internetga ulaning!