Rossiyaga işlaş uçun borgan çilangar uruşga kirib qoldi
Rossiyaga işlaş uçun borgan çilangar uruşga kirib qoldi Xorazmlik R.O. 2023-yilda pul topiş maqsadida Rossiyaga borgan. U yerda Anton ismli mahalliy fuqaroga tegişli korxonada çilangar bölib işlagan. Biroq Rossiyada böliş qoidalarini buzgani uning hayotini özgartirib yuborgan: u Rossiya huquq-tartibot xodimlarining talabi ostida Rossiya armiyasiga yollanma askar bölişga rozi bölgan. Harbiy xizmat şartnomasi tuzilganidan keyin R.O. 2023-yilning avgust oyida harbiy qismga yuborilgan. Şu tariqa, işlaş uçun Rossiyaga borgan çilangar-migrant harbiy xizmatga kirib qoldi. R.O. harbiy qismga yuborilganidan keyin maxsus tayyorgarlikdan ötgan. U avtomat, granata va boşqa qurollardan foydalaniş, şuningdek, jangovar harakatlarga tayyorgarlik köriş böyiça maşğulotlarda qatnaşgan. R.O. harbiy poligonda okop qaziş va yarador harbiylarni evakuatsiya qiliş işlari bilan şuğullangan. U 2024-yil yozidan 2025-yil mayiga qadar u Rossiyadagi harbiy lagerda bölgan. 2025-yil may oyida R.O. guruh komandirining topşiriği bilan Ukraina hududida razvedka işlarini olib borgan. Biroq topşiriqni bajariş vaqtida R.O. Ukraina harbiy xizmatçilari tomonidan asirga olingan. Keyinçalik u Rossiya va Ukraina örtasidagi harbiy asirlarni almaşiş jarayonida ozod qilingan. Şundan söng Sankt-Peterburg yönalişidagi aviareys bilan Rossiyaga qaytgan va şu kuni Rossiya hududidan çiqib, Xorazm viloyatiga yetib kelgan. Özbekistonda R.O.ning harakatlari Jinoyat kodeksining 154-moddasi birinçi qismi — yollaniş bilan boğliq jinoyat böyiça baholangan. Birinçi instantsiya sudi unga uç yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan. Jazo muddatini hisoblaşda Jinoyat kodeksining 62-moddasi qöllanilib, ötalgan vaqt hisobga olinganidan keyin jazoning qolgan qismi ikki yil töqqiz oy uç kun etib belgilangan. Uning himoyaçisi, advokat S.M., hukm ustidan taftiş tartibida şikoyat bergan. Işni qayta körib çiqişda sud hukmni, iş materiallarini va himoya tomonining vajlarini örgangan. Sud R.O.ning aybi uning iqrorligi, telefonidagi maʼlumotlar, ijtimoiy tarmoqlardagi profillari, pasportga oid hujjatlar, söroq bayonnomalari hamda sud-psixiatriya va boşqa ekspertizalar xulosalari bilan tasdiqlanganini qayd etgan. Sud dalillarni örganib, uning harakatlari jinoyat qonunining tegişli moddasi böyiça töğri baholangan, degan xulosaga kelgan. MAX'ga a'zo böliş uçun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan çegarasiz internetga ulaning!