Rossiyada 2027-yilda RVP beriş yanada kamaytiriladi
Rossiyada 2027-yilda RVP beriş yanada kamaytiriladi Rossiya hukumati 2027-yil uçun çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma (RVP) beriş kvotasini 3 010 ta etib belgiladi. 2026-yilda bu körsatkiç 3 802 tani taşkil etgan edi. Şunday qilib, kvota doirasida berilişi rejalaştirilgan RVP soni 792 taga yoki qariyb 20,8 foizga kamaydi. Bu Rossiya hukumati tomonidan 2026-yil 7-oktabrda çiqarilgan 2807-p-sonli farmoyişda nazarda tutilgan. Kvota Rossiya hududlari örtasida taqsimlanadi. Uning miqdori har yili hududiy hokimiyat organlarining takliflari hisobga olingan holda belgilanadi. Tasdiqlangan taqsimotga köra, Moskvaga 500 ta, Moskva viloyatiga 250 ta, Voronej va Novosibirsk viloyatlariga hamda Tataristonga 100 tadan ruxsatnoma ajratilgan. Kvota doirasida RVP olişni rejalaştirayotgan çet el fuqarolari Rossiyada yaşaşni möljallagan hududdagi Içki işlar vazirligi (MVD)ning hududiy organiga ariza-anketa topşirişlari kerak. Vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma uç yilgaça muddatga beriladi va uning muddatini uzaytiriş mumkin emas. Belgilangan muddat tugagaç, ruxsatnoma öz kuçini yöqotadi. Rossiya hukumati çet el fuqarolariga vaqtinça yaşaş uçun ruxsatnoma beriş kvotasini izçil qisqartirib bormoqda: 2024-yilda 10 595 ta, 2025-yilda 5 500 ta, 2026-yilda esa butun Rossiya böyiça atigi 3 802 ta kvota ajratilgan edi. MAX'ga a'zo böliş uçun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan çegarasiz internetga ulaning!