Salom! Ota-onaning cheksiz mehri va qadr-qimmati haqida yurakdan chiquvchi taʼsirli she...
Salom! Ota-onaning cheksiz mehri va qadr-qimmati haqida yurakdan chiquvchi taʼsirli sheʼrimni matnini yaratdim. Har bir satr chuqur maʼnoga ega boʻldi. ✨ 📝📝📝Ota-onam bor📝📝📝 Ota-onang bordir boshing osmonda, Magʻrur qadam tashla yorugʻ jahonda. Duo qilar doim har bir zamonda, Ulardek mehribon yoʻqdir olamda. Borida qadriga yetgin ey inson, Ketgach topolmaysan axtarib har on. Dunyoni ostin-ustun qilsang ham, Topilmas ota-onang hech qachon. Volidam koʻzidur mehr bulogʻi, Otamdir hayotim mustahkam togʻi. Ular bor yashnaydi koʻnglimning bogʻi, Yurakni qiynamasin armon dogʻi. Borida qadriga yetgin ey inson, Ketgach topolmaysan axtarib har on. Dunyoni ostin-ustun qilsang ham, Topilmas ota-onang hech qachon. Gʻanimat bilinglar har nafasini, Qaytarib boʻlmaydi oʻtgan faslini. Sovutma mehrli qaynoq taftini, Oʻpib qoʻy qoʻllarin, ol duosini. Borida qadriga yetgin ey inson, Ketgach topolmaysan axtarib har on. Dunyoni ostin-ustun qilsang ham, Topilmas ota-onang hech qachon. ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍