📝📝📝Jonimsan Gulim📝📝📝
📝📝📝Jonimsan Gulim📝📝📝 Qalbimning ardogʻi sevikli yorim Sen bilan yorugʻdir har bitta qadam Sen borsan dunyoda borim viqorim Hayotim quvonchi eng shirin erkam Matluba sevgilim jonimsan gulim Yuragimda mangu yonar oʻt kabi Bir umrlik yoʻldosh aziz onashim Farzandlarim onasi umrim matlabi Tunu kun biz uchun mehringni ochib Oilamiz baxtiga chekasan zahmat Yuzingdan eng goʻzal nurlarni sochib Xonadonimizga yogʻdirding rahmat Matluba sevgilim jonimsan gulim Yuragimda mangu yonar oʻt kabi Bir umrlik yoʻldosh aziz onashim Farzandlarim onasi umrim matlabi Sen borsan hayotim toʻla quvonchga Yoningda hamisha orom olar dil Dunyoni toʻldirib ezgu ishonchga Faqat sen keraksan buni yaxshi bil Matluba sevgilim jonimsan gulim Yuragimda mangu yonar oʻt kabi Bir umrlik yoʻldosh aziz onashim Farzandlarim onasi umrim matlabi ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍