📝📝📝Alloh neʼmati📝📝📝
📝📝📝Alloh neʼmati📝📝📝 Har bir goʻdak uyning fayzi, nuridir, Yaratganning eng bebaho siridir. Shukr qilgin berganiga har zamon, Farzand asli buyuk baxtning biridir. Nolima hech, oʻgʻilmi yo qizmi u, Alloh bergan moʻjizaviy rizqmi u. Tirnoqqa zor qancha dillar dunyoda, Qiz bola ham jannat eshigidir-ku. Kimdir kutar tunlar bedor iltijo, Bitta jajji qadamlarga zor dunyo. Senga berdi jajji quyosh, yorugʻlik, Shukrona ayt, dilda boʻlsin xush sado. Nolima hech, oʻgʻilmi yo qizmi u, Alloh bergan moʻjizaviy rizqmi u. Tirnoqqa zor qancha dillar dunyoda, Qiz bola ham jannat eshigidir-ku. Qiz mehrdir, ota-ona suyanchi, Oʻgʻil boʻlar togʻdek suyuk quvonchi. Ikkisi ham Tangrim lutfi, tuhfasi, Boʻlsin doim qalbimizning ishanchi. Nolima hech, oʻgʻilmi yo qizmi u, Alloh bergan moʻjizaviy rizqmi u. Tirnoqqa zor qancha dillar dunyoda, Qiz bola ham jannat eshigidir-ku. ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍