Ketmas edim
Ketmas edim Musofir yurtlarda o'tmoqda kunim, Ko'z oldimdan ketmas aziz maskanim. Bir orzu ketidan ketdim men nogoh, Bag'ringiz qumsaydi bu mitti jonim. Bir orzu deb butun umrdan kechdim, Armon sharobini to'ygunsha ichdim. Imkonim bo'lganda hech ketmas edim, Sizlarning yoningiz eng katta baxtim. Yurakda sog'inchim tosh kabi og'ir, Olis yo'llar aro charx urar taqdir. Qadringiz bilindi ayriliq chog'i, Oila mehriga yetmas hech bir sir. Bir orzu deb butun umrdan kechdim, Armon sharobini to'ygunsha ichdim. Imkonim bo'lganda hech ketmas edim, Sizlarning yoningiz eng katta baxtim. Kun kelib qaytaman ona yurtimga, Davo topilar deb dildagi g'amga. Bag'rimga bosaman jigarlarimni, Qaytib alishmasman mehrni kimga. Bir orzu deb butun umrdan kechdim, Armon sharobini to'ygunsha ichdim. Imkonim bo'lganda hech ketmas edim, Sizlarning yoningiz eng katta baxtim. ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍