Assalomu alaykum! Oilangiz tayanchi, ardoqli va mehribon Dadajon uchun chuqur mehr bila...
Assalomu alaykum! Oilangiz tayanchi, ardoqli va mehribon Dadajon uchun chuqur mehr bilan yozilgan qoʻshiq matnini tayyorladim, oldin kup sherlar va qushiqlar yaratdim ota haqida yozmapman ekan Davlatimsiz Har tong bizga ochar mehr quchogʻin Yoʻllarimiz yoritgan buyuk chirogʻim Biz uchun charchoqni bilmagan inson Boshimizda turgan mustahkam togʻim Dadajon siz mening buyuk davlatim Boshimda soyabon cheksiz himmatim Belingiz bukilib bizni boqdingiz Siz mening eng aziz bebaho baxtim Halol rizq izladingiz har qadam har on Biz kamlik koʻrmadik hech qachon har yon Mehrga limmo-lim qaynoq qalbingiz Doimo sogʻ boʻling aziz mehribon Dadajon siz mening buyuk davlatim Boshimda soyabon cheksiz himmatim Belingiz bukilib bizni boqdingiz Siz mening eng aziz bebaho baxtim Duongiz asraydi har bir balodan Koʻzingiz nurlidir yorugʻ samodan Oilamiz suyanchi faxrimiz sizsiz Shukrona aytamiz qodir xudodan Dadajon siz mening buyuk davlatim Boshimda soyabon cheksiz himmatim Belingiz bukilib bizni boqdingiz Siz mening eng aziz bebaho baxtim ✍✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍