Jonim Dadajon
Jonim Dadajon Bugun xonadonda bayram va shodu xurram, Siz borsiz hayotim go'zaldir har dam. Tavallud kuningiz muborak bo'lsin, Ko'nglingiz quvonch va baxtlarga to'lsin. Dadajon dadajon suyanchim tog'im, Siz mening iftixor gulzoru bog'im. Qizingiz Matlyuba sizni sevadir, Sog'lik va omonlik tilab qoladir. Mehringiz quyoshdek yoritdi yo'lim, Doimo duoda ochilgan qo'lim. Sizning borligingiz eng buyuk davlat, Siz bilan fayzlidir ushbu saodat. Dadajon dadajon suyanchim tog'im, Siz mening iftixor gulzoru bog'im. Qizingiz Matlyuba sizni sevadir, Sog'lik va omonlik tilab qoladir. Yuz yoshga kiring siz doim kulib shod, Siz bilan bo'lgaydir umrimiz obod. Qalbingiz hech qachon g'am-alam ko'rmasin, Boshingizdan aslo omad ketmasin. Dadajon dadajon suyanchim tog'im, Siz mening iftixor gulzoru bog'im. Qizingiz Matlyuba sizni sevadir, Sog'lik va omonlik tilab qoladir. ✍✍✍Muallif sheʼri va avtor qushiqni: Ergashev Erali✍✍✍ Alisherovich