Halol Mehnat
Halol Mehnat Bu dunyoda hamma izlar oʻz yoʻlin Kimdir halol topib choʻzar oʻz qoʻlin Yana kimdir egri soʻqmoqdan yurar Lekin qalbda faqat ezgulik qolar Kimdir oilam deb kechgan orzudan Yuzida nur porlar chekkan qaygʻudan Mayli omon boʻlsin barcha bandalar Alloh panohida yashasin dillar Tirikchilik dardi osonmas aslo Har bir kunimizga shukrdir davo Halol luqma bilan bezab xonadon Farishta misoli yashaydi inson Kimdir oilam deb kechgan orzudan Yuzida nur porlar chekkan qaygʻudan Mayli omon boʻlsin barcha bandalar Alloh panohida yashasin dillar Har bir harakatda bordir bir hikmat Yaqinlarga bergan mehringiz neʼmat Yurakdan aytilgan har ezgu niyat Albatta topadi oxir oqibat Kimdir oilam deb kechgan orzudan Yuzida nur porlar chekkan qaygʻudan Mayli omon boʻlsin barcha bandalar Alloh panohida yashasin dillar ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍