Baxtim Matluba
Baxtim Matluba Oltinchi oktyabr yodimda hamon, Oʻsha kun hayotim yorishgan zamon. Olti yil oʻtibdi sen bilan birga, Shukrlar aytaman har bir onimga. Onashim Matluba sevgim oʻzingsan, Qalbimning quvonchi nuri koʻzimsan. Uch nafar farzandning onasi boʻlding, Sen mening eng aziz baxtimga toʻlding. Uch goʻzal gul berding xonadonimga, Quvonchlar baxsh etding butun jonimga. Uyimiz charogʻon sen borsan har dam, Bizlarni tark etmas hech qachon alam. Onashim Matluba sevgim oʻzingsan, Qalbimning quvonchi nuri koʻzimsan. Uch nafar farzandning onasi boʻlding, Sen mening eng aziz baxtimga toʻlding. Olti yil baxtimiz toʻxtamay oqdi, Har bir tabbasuming dilimga yoqdi. Kelajak kunlarga birga boqamiz, Sevgi daryosida doim oqamiz. Onashim Matluba sevgim oʻzingsan, Qalbimning quvonchi nuri koʻzimsan. Uch nafar farzandning onasi boʻlding, Sen mening eng aziz baxtimga toʻlding. ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍