Onam orzusi
Onam orzusi Musofir yurtlarda o‘tadi kunim, Faqat bir niyatda uxlayman tunim. Barcha rohatimdan kechdim men bugun, Yetay deb baxtingga, ey aziz gulim. Onajonim, sizni Makkatilloga, Olib boray o‘zim Ka’batullohga. Duolar qiling siz qodir Ollohga, Hoji ona bo‘ling, mehribon onam. Sog‘inchlar qiynaydi musofir boshni, Ko‘zimga keltirar ba’zida yoshni. Lekin sabr bilan yengib bardoshni, Sizning orzuingiz yo‘lida borman. Onajonim, sizni Makkatilloga, Olib boray o‘zim Ka’batullohga. Duolar qiling siz qodir Ollohga, Hoji ona bo‘ling, mehribon onam. Yaratgan egamdan so‘rayman madad, Yetkazsin kunlarga go‘zal va qat’at. Oq salla kiyganda sizga yarashar, Shu niyatim mening eng buyuk davlat. Onajonim, sizni Makkatilloga, Olib boray o‘zim Ka’batullohga. Duolar qiling siz qodir Ollohga, Hoji ona bo‘ling, mehribon onam. ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍