Kuz fasli
Kuz fasli Yana kuz kelmoqda eshik qoqib jim, Yaproqlar sargʻayib toʻkilar sekin. Koʻnglimda uygʻonur mayus bir tuygʻu, Qalbimga yogʻilar xazonli yogʻdu. Yoshligim oʻtmoqda suvday oqib tez, Har bitta daqiqa qadrli bu kez. Kuzning shamolida uchar orzular, Yurakda yangraydi shirin qaygʻular. Bogʻlarda qolmadi gullarning isi, Tugadi yoz faslin quvnoq nafasi. Yillar ham ketmoqda ketma-ket shunday, Umrning fasllari oʻtadi tunday. Yoshligim oʻtmoqda suvday oqib tez, Har bitta daqiqa qadrli bu kez. Kuzning shamolida uchar orzular, Yurakda yangraydi shirin qaygʻular. Yomgʻirlar yogʻadi derazam chertib, Oʻtgan kunlarimni yodimga solib. Har bir toʻkilgan barg eslatar vaqtni, Izlayman yoʻqotgan goʻzal bir baxtni. Yoshligim oʻtmoqda suvday oqib tez, Har bitta daqiqa qadrli bu kez. Kuzning shamolida uchar orzular, Yurakda yangraydi shirin qaygʻular. ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍