Kechir, onajon
Kechir, onajon Tuningiz bedor o'tdi men sabab, Qo'llaringiz doim duoda har on. Yuribsiz faqat baxtimni tilab, Men esa buni bilmadim oson. Kechiring ona, ado bo'lmadim, Boshimni egib keldim qoshingizga. Siz bergan mehrni qaytarolmadim, Yetolmas hech narsa bardoshingizga. Sochingiz oqardi men ulg'ayguncha, Yuzingizda qoldi chiziqlar izi. Ko'zingiz kutadi to tong otguncha, Siz mening qalbimning so'nmas yulduzi. Kechiring ona, ado bo'lmadim, Boshimni egib keldim qoshingizga. Siz bergan mehrni qaytarolmadim, Yetolmas hech narsa bardoshingizga. Poyingiz ostida jannat bog'lari, Har bitta so'zingiz menga bir tumor. Bosilsin qalbimning barcha dog'lari, Men sizning mehringizga hamisha xumor. Kechiring ona, ado bo'lmadim, Boshimni egib keldim qoshingizga. Siz bergan mehrni qaytarolmadim, Yetolmas hech narsa bardoshingizga. ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍