Musofir Qalb
Musofir Qalb Peterburg osmoni bugun qora bulut Yomgʻir tomchilari derazani urar Yurakda bir umid, hech boʻlmas unut Har bir musofirning orzusi kular Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻizistonim Barchangiz jondan aziz, aka-ukalarim Bir parcha nonga deb intilgan jonim Siz borsiz yorishar qorongʻu tunlarim Sovuq shamollarda mehnat qilamiz Oila sogʻinchi bagʻirni tilar Biz qanday yashashni yaxshi bilamiz Dardimizni faqat musofir bilar Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻizistonim Barchangiz jondan aziz, aka-ukalarim Bir parcha nonga deb intilgan jonim Siz borsiz yorishar qorongʻu tunlarim Yurtga qaytar kunlar keladi albat Sabrimiz togʻlardan balanddir doim Bizni birlashtirar mehr-oqibat Omon boʻlsin barcha aka-ukalarim Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻizistonim Barchangiz jondan aziz, aka-ukalarim Bir parcha nonga deb intilgan jonim Siz borsiz yorishar qorongʻu tunlarim ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍