Singlim kelgin
Singlim kelgin Sogʻinch bagʻrim oʻrtar har on, Kutib koʻzim boʻldi nigoron. Olis yoʻllar boʻlmasin gʻov, Kelgin singlim boʻlma sarson. Singlim meni yoʻqlab kelgin, Yarim koʻnglim toʻqlab kelgin. Sogʻinganman ona mehri, Sen onamga oʻxshab kelgin. Uyimizda qolgan izlar, Seni kutar shirin soʻzlar. Diydoringga toʻyolmasdan, Intiq boʻlib kutar koʻzlar. Singlim meni yoʻqlab kelgin, Yarim koʻnglim toʻqlab kelgin. Sogʻinganman ona mehri, Sen onamga oʻxshab kelgin. Onam hidi kelar sendan, Gʻamlar ketar dildan, mendan. Boshim silab taskin bergin, Oʻtinchim shu bugun sendan. Singlim meni yoʻqlab kelgin, Yarim koʻnglim toʻqlab kelgin. Sogʻinganman ona mehri, Sen onamga oʻxshab kelgin. ✍✍✍Muallif sheʼri va Muallif qushigʻi: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍