❓Agar ikkinchi telefon boʻlmasa, Rossiyada Telegram, YouTube va boshqa xalqaro ilovalar... — 26 июня 2026 г. в 07:12:51.112
❓Agar ikkinchi telefon boʻlmasa, Rossiyada Telegram, YouTube va boshqa xalqaro ilovalardan qanday xavfsiz foydalanish mumkin? Agar siz Rossiyada ishlayotgan, yashayotgan yoki u yerga ketayotgan boʻlsangiz, nima uchun ikkinchi telefon kerakligi haqidagi oldingi maqolamizni oʻqib chiqing. Qisqacha aytganda, bu — Telegram va boshqa platformalarga kirishni taʼminlayotgan usulingizni "fosh qilib qoʻymaslik"ning eng yaxshi variantidir. Agar ikkinchi telefon sotib olish imkoniyatingiz boʻlmasa, asosiy telefoningizning oʻzida Rossiya ilovalari uchun izolyatsiyalangan (alohida) muhit yaratish yoʻli mavjud. Bu ularning siz haqingizda kamroq maʼlumot yigʻishini taʼminlaydi. 1) Samsung va Xiaomi telefonlarining ichki funksiyasi Umumiy qilib aytganda, bu funksiya "Ikkinchi makon” (Vtoroye prostranstvo) deb ataladi. 🔸 Xiaomi’da: Sozlamalarga (Nastroyki) kiring va qidiruvga “vtoro ye prostranstvo” (ikkinchi makon) deb yozing. Siz ushbu funksiyani koʻrasiz va bir necha tugmani bosish orqali faollashtira olasiz. Bu sizga telefonning asosiy makoni va qoʻshimcha makoni oʻrtasida almashish imkonini beradi. Rossiya ilovalarini faqat qoʻshimcha makonga oʻrnating. Xalqaro servislardan esa faqat asosiy makonda foydalaning. 🔸 Samsung’da: Ichki oʻrnatilgan “KNOX jild (papka)” funksiyasi mavjud. Ushbu jildga kiring va telefoningizda izolyatsiya qilinishi (ajratilishi) kerak boʻlgan ilovalarni tanlang. Masalan: Max, Gosuslugi, Amina va boshqalar. Endi bu ilovalarni faqat Knox jildining ichidan ishga tushiring, ulardan telefonning asosiy makonida foydalanmang. 2) Boshqa Android telefonlar uchun maxsus dasturlar Google Play’dagi Island ilovasi va Shelter ilovasi. Ular ushbu funksiya koʻzda tutilmagan Android modellarida izolyatsiyalangan makon yaratishga yordam beradi. 3) Xuddi shu narsani iPhone’da qanday qilish mumkin? Javob: Hech qanday. iPhone’da qila oladigan yagona narsangiz — ilova sozlamalariga kirib, Rossiya ilovalarining ortiqcha ruxsatnomalarini oʻchirib qoʻyish hamda ularning fonda ishlashiga qoʻshimcha cheklovlar oʻrnatishdir. Shuning uchun, agar siz iPhone ishlatayotgan boʻlsangiz, baribir ikkinchi arzonroq Android telefon sotib olishingizni qatʼiy tavsiya qilamiz. 💬Telegram’da yaqinlaringiz bilan aloqani yoʻqotmang, YouTube tomosha qiling, Instagram varaqlang. Hech qanday uzilishlarsiz va cheklovlarsiz! 😎 Buning uchun bizning VIP Migrant botimizga kiring va kirish kalitingizni oling! 🎁Shuningdek, siz uni Rossiyaga ketgan yoki ketayotgan yaqinlaringizga ham sovgʻa qilishingiz mumkin. 🏷 30-iyungacha bizda bir oylik, shuningdek, bir yillik tariflarga katta chegirmalar mavjud: https://t.me/vipmigrantbot

