🔥 Omskdagi yongʻin qurbonlari soni toʻrt nafarga yetdi — 24 августа 2026 г. в 06:33:42.180
🔥 Omskdagi yongʻin qurbonlari soni toʻrt nafarga yetdi 👨👦👦 Omskda yongʻinda jarohatlangan toʻrtinchi ishchining halok boʻlganidan keyin qurilish kompaniyasi rahbarining oʻrinbosari hibsga olindi. To‘rtinchi vafot etgan shaxs 2003-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik yigit ekani aytilmoqda. Fojia qurilayotgan «Кварталы Драверта» turar joy majmuasida yuz bergan edi. Tergov qoʻmitasi pudratchi tashkilot bosh direktori va uning oʻrinbosariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi. 📆 Yongʻin 15-avgust kuni qurilayotgan uyda sodir boʻlgan edi. Tergov talqiniga koʻra, payvandlash ishlari vaqtida issiqlik izolyatsiyasi plitalari yonib ketgan, shundan soʻng olov butun qurilish maydonchasi boʻylab tez tarqalgan. Payvandlash ishlari maxsus hujjat — ishga ruxsat beruvchi naryadsiz va bosh pudratchi bilan kelishilmagan holda bajarilgan boʻlishi mumkinligi aniqlandi. 📊 Yongʻin vaqtida 11 nafar ishchi jarohatlandi. Eng ogʻir ahvoldagi ikki nafar jabrlanuvchi Nijniy Novgorod shahridagi kuyish markaziga yuborilgan edi. Ulardan biri bugun ertalab vafot etdi. Hozirgacha toʻrt kishi yongʻin qurboniga aylandi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

