❗️ Ogohlantirildi, u baribir pora bermoqchi boʻldi — 4 сентября 2026 г. в 17:32:06.949
❗️ Ogohlantirildi, u baribir pora bermoqchi boʻldi 📍 Sankt-Peterburgda yoʻldagi oddiy hujjat tekshiruvi Markaziy Osiyo davlatlaridan birining 32 yoshli fuqarosi uchun jinoyat ishiga aylanib ketdi. 23-avgust kuni ertalab Pushkin tumanidagi Moskovskoye shossesida yoʻl inspektorlari muhojir boshqarib ketayotgan Ford avtomobilini toʻxtatishdi. Hujjatlarni tekshirish paytida haydovchining amaldagi haydovchilik guvohnomasi yoʻqligi ma'lum boʻldi. Politsiya xodimlari qoidabuzarlik boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishni boshlashdi. Shu paytda migrant katta xatoga yoʻl qoʻydi — u ishni "tinchitish" uchun inspektorga pora berishga qaror qildi. Politsiya xodimlari haydovchini pul berish sudlanishga olib kelishi haqida bir necha bor ochiqchasiga ogohlantirishiga qaramay, muhojir ularga quloq solmadi. U poraga atalgan pullarini kodeks kitobi ichiga solib politsiyachiga berdi. Endi chet ellik fuqaroga nisbatan mansabdor shaxsga pora berishga urinish boʻyicha haqiqiy jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergovchi bilan suhbatdan soʻng, erkakni hech qayerga ketmaslik haqidagi tilxat bilan uyiga qoʻyib yuborishdi, endi uning taqdirini sud hal qiladi. Bu voqea har bir kishi, ayniqsa chet ellarda ishlab yurgan muhojirlar uchun muhim dars boʻlishi kerak. Agar qoidani buzgan boʻlsangiz, hech qachon politsiyachiga pul berishga urinmang. Jarima yoki protokol — bu yoqimsiz narsa, lekin bu shunchaki oddiy qoidabuzarlik xolos. Pora berishga urinish esa — bu jiddiy jinoyat. Bunda politsiyachi pullarni olganmi yoki yoʻq, buning umuman ahamiyati yoʻq. Pul taklif qilganingiz yoki qoʻyganingizning oʻzi sizni darhol jinoyatchiga aylantiradi. Oʻzingizni asrang, qonunni hurmat qiling va ahmoqona xatolar tufayli hayotingizni barbod qilmang. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

