“Sotka”da nos sotganlar ushlandi — 9 сентября 2026 г. в 08:45:38.081
“Sotka”da nos sotganlar ushlandi Kemerovo politsiyasi xodimlari “Sotka” bozorila reyd o‘tkazib, 41 nafar chet ellikni tekshirdi. Ulardan biri yashash qoidalarini buzgani uchun hibsga olindi va unga protokol tuzildi. Unga ijara bergan uy egasi 5000 rublgacha jarimaga tortilishi mumkin. Shuningdek, yaqinda Rossiya fuqaroligini olgan 13 nafar muhojirdan biri harbiy xizmatga yozilmagani uchun “voyenkomat”ga olib ketildi. Yana uch kishi yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi. Asosiy topilma – nosvoyga o‘xshash 600 dan ortiq paket bo‘ldi. Ular musodara qilindi va tekshirishga uchun yuborildi. Agar tasdiqlansa, jismoniy shaxslar uchun 200 000 rublgacha, mansabdor shaxslar uchun yarim milliongacha va tashkilotlar uchun 1,5 milliongacha jarimalar yoziladi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

