DV-2027 Grin-karta lotereyasi oçiliş muddatlari ma'lum böldi
DV-2027 Grin-karta lotereyasi oçiliş muddatlari ma'lum böldi Kaliforniya Janubiy okrugi federal sudi AQŞ Davlat departamentini grin-karta lotereyasi DV-2027 dasturini boşlaşga majbur qildi. Bu qaror "Red Eagle Law" yuridik firmasi va davlat kotibi Marko Rubio örtasidagi sud tortişuvi natijasi böldi. Dastlab sud rasmiylarni röyxatdan ötişni 15-oktyabrgaça oçişga va arizalarni 30 kun davomida qabul qilişga, natijalarni esa 19-noyabrgaça e'lon qilişga majbur qilmoqçi edi. Biroq keyinroq tomonlar muddatlarni ikki haftaga surişga kelişib olişdi. Endi ariza topşiriş 1-noyabrdan keçiktirmay boşlanişi, lotereya natijalari esa 3-dekabrgaça ma'lum bölişi kerak. 2025-yilda Davlat departamenti iştirok etiş tartibi özgargani haqida xabar bergan, ammo yangi muddatlar aytilmagani sababli huquqşunoslar sudga murojaat qilgan. 2026-yil avgust oyida sud jarayoni boşlandi. "Diversity Visa" dasturi har yili AQŞga kam odam köçib keladigan mamlakatlar fuqarolari uçun 55 000 tagaça immigratsion viza tarqatadi. Hozirgi kunda rasmiy saytda röyxatdan ötiş hali oçilmagan va Donald Tramp ma'muriyati hamon uşbu sud qarori ustidan şikoyat qiliş huquqiga ega, garçi apellyatsiya beriş idoraning sud qarorini bajariş majburiyatidan ozod qilmaydi. MAX'ga a'zo böliş uçun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan çegarasiz internetga ulaning!