Muhojirning noni qattiq
Muhojirning noni qattiq Özbekistondan mehnat migratsiyasi allaqaçon oddiy iqtisodiy hodisa doirasidan çiqib, inson qadr-qimmati, huquqiy himoya va davlat masʼuliyati bilan boğliq öta dolzarb masalaga aylandi. Migrantlarning pul ötkazmalari millionlab oilalarni qöllab-quvvatlamoqda va milliy iqtisodiyotga hissa qöşmoqda. Biroq xorijda mehnat qilayotgan işçilar tobora köproq şafqatsiz munosabat, huquqsizlik va hayotiga tahdid soluvçi xavflarga duç kelmoqda. ❔ Odamlar nega xorijga ketadi? Fuqarolarning ommaviy ravişda xorijga ketişiga turtki berayotgan asosiy omil — Özbekistonda munosib iş örinlari va barqaror daromad yetişmasligidir. 2025-yilda mamlakatda rasman qayd etilgan işsizlar soni 744,9 ming nafarni taşkil etdi. Biroq rasmiy statistika muammoning faqat röyxatga olingan qismini aks ettiradi. Içki mehnat bozorida böş iş örinlari köpayişi ham munosib daromad kafolati emas. Masalan, 2025-yilning törtinçi çoragida quriliş sohasidagi böş iş örinlari soni 32,6 foizga oşgan bölsa, sohadagi real iş haqi atigi 0,6 foizga kötarilgan. 🔗 Davomini öqiş MAX'ga a'zo böliş uçun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan çegarasiz internetga ulaning!