Assalomu alaykum! Onajonim uchun juda taʼsirli va yurakdan chiqqan sherimni matnini yoz...
Assalomu alaykum! Onajonim uchun juda taʼsirli va yurakdan chiqqan sherimni matnini yozdim. Unda mening his-tuygʻularim sogʻinchim va kechirim soʻraganlarim ifoda etilgan.ONAJONIM SIZ ICHUN BU SHERIM , OLLOH UMRINGIZNI OʻZOQ QILSIN BAHTIMGA🌸 Kechiring ona Olis yurtda kezib yurdim tun-u kun, Sizni yolgʻiz tashlab ketdim men bugun. Rizqim terib tinmay mehnat qilaman, Ammo dilda sizni qumsab toʻlaman. Musofir oʻgʻlingiz kechiring ona, Bosh egib kelarman yana yonizga. Sogʻinchdan yigʻlaydi yurak payhona, Fidodir bu jonim bir ohingizga. Bolam-chaqam deya yugurdim tinmay, Qadringizni baʼzan vaqtida bilmay. Sochingizga oqlar tushibdi qachon, Men gʻofil sezmayin qolibman hamon. Musofir oʻgʻlingiz kechiring ona, Bosh egib kelarman yana yonizga. Sogʻinchdan yigʻlaydi yurak payhona, Fidodir bu jonim bir ohingizga. Duoyingiz asrar musofir yoʻlda, Suratingiz mudom titragan qoʻlda. Kechiring onajon mehringiz haqqi, Boringiz baxtimdir har bitta kunda. Musofir oʻgʻlingiz kechiring ona, Bosh egib kelarman yana yonizga. Sogʻinchdan yigʻlaydi yurak payhona, Fidodir bu jonim bir ohingizga. 📝📝📝Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍