Dunyo shunday
Dunyo shunday Dilingizni ezib chekmang hech alam, Yulduzlar charx ursin tunda begumon. Oʻtib ketar bir kun bu qora motam, Qalbingizga qaytar quvonch nogahon. Yigʻlamang bu dunyo shunday yaralgan, Goʻzal sochlaringiz mayin taralgan. Qoshu koʻzingizga boqib toʻymayman, Vafo boʻlmasa ham baxtdan tonmayman. Kimlardir mehrning bilmadi narxin, Yurakka sanchdilar sovuq bir tikan. Sizdek oqkoʻngilni tushunmas nodon, Oʻtkinchi hislar ham bevafo ekan. Yigʻlamang bu dunyo shunday yaralgan, Goʻzal sochlaringiz mayin taralgan. Qoshu koʻzingizga boqib toʻymayman, Vafo boʻlmasa ham baxtdan tonmayman. Qadringiz balanddir biling har doim, Yomon koʻzlardan asrasin xudoyim. Bosh egmang sinovda, tik tuting qomat, Eshik qoqib kelar porloq saodat. Yigʻlamang bu dunyo shunday yaralgan, Goʻzal sochlaringiz mayin taralgan. Qoshu koʻzingizga boqib toʻymayman, Vafo boʻlmasa ham baxtdan tonmayman. ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍