Singiljonim
Singiljonim Bir oʻrinda talashib ulgʻaydik biz, Bolalikda quvnashib yurardik tez. Urishib ham yarashib oʻtdi yillar, Endi qoldi yurakda dardu hislar. Suyanchigʻim oʻzing eding singiljonim, Onam kabi mexribonim, jonu tanim. Alloh seni mendan erta oldi nechun, Akang qoldi bu dunyoda yolgʻiz bugun. Har burchakda aks etar kulgularing, Qalbimdasan, oʻchmaydi tuygʻularing. Onam kabi boshimni silar eding, Dardim bilsang yonimga kelar eding. Suyanchigʻim oʻzing eding singiljonim, Onam kabi mexribonim, jonu tanim. Alloh seni mendan erta oldi nechun, Akang qoldi bu dunyoda yolgʻiz bugun. Endi kimni onam deb erkalayman, Boʻsh xonada suratingga qarayman. Sensiz qolgan akangga sabr tilar, Koʻzimdagi yoshlarni osmon bilar. Suyanchigʻim oʻzing eding singiljonim, Onam kabi mexribonim, jonu tanim. Alloh seni mendan erta oldi nechun, Akang qoldi bu dunyoda yolgʻiz bugun ✍✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍