El xizmatida
El xizmatida Qo‘limda qalamim, qalbimda navo, Meni Ergashev Erali derlar do‘stlar. Elimga mehrimdir eng toza havo, Yurakdan to‘kilar samimiy so‘zlar. Sizlar uchun yozdim yangi qo‘shiqlar, Har bir satrida bor cheksiz tuyg‘ular. Mehrga ochilsin barcha eshiklar, Ketmasin yuzlardan shirin kulgilar. El-yurtning xizmati sharafli burchim, She’rlarim baxsh etar dillardagi nur. Sadoqat va vafo yagona kuchim, Siz bilan yashaydi qalbda bir huzur. Sizlar uchun yozdim yangi qo‘shiqlar, Har bir satrida bor cheksiz tuyg‘ular. Mehrga ochilsin barcha eshiklar, Ketmasin yuzlardan shirin kulgilar. Alisher o‘g‘lining maqsadi ravshan, Yaxshi insonlarga atalar doston. Yuraklar quvonsin, gullasin gulshan, Omon bo‘lsin doim aziz bu makon. Sizlar uchun yozdim yangi qo‘shiqlar, Har bir satrida bor cheksiz tuyg‘ular. Mehrga ochilsin barcha eshiklar, Ketmasin yuzlardan shirin kulgilar. ✍✍✍Qushiq va sher Muallifi: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍