Oila qadri
Oila qadri Bir paytlar bu uyda baxtimiz kulgan, Yuraklar faqat sof mehrga toʻlgan. Sen esa oʻylamay ketding yiroqqa, Tashlading barchani sovuq firoqqa. Umr yoʻldoshingdan kechding beomon, Ortda qolib ketdi bir cheksiz armon. Farzandlar taqdiri chetga surildi, Nafsing deb orzular yerga koʻmildi. Koʻzlari javdirab kutar bolang jim, Ularning dardiga darmon boʻlar kim. Onalik burchingni unutding nahot, Shu qadar osonmi buzmoqlik hayot. Umr yoʻldoshingdan kechding beomon, Ortda qolib ketdi bir cheksiz armon. Farzandlar taqdiri chetga surildi, Nafsing deb orzular yerga koʻmildi. Vaqt oʻtib pushaymon qiynaydi joning, Zulmatga aylanar har bitta oning. Vafodor insonni topmaysan ortiq, Taqdir ham etmaydi mehrni tortiq. Umr yoʻldoshingdan kechding beomon, Ortda qolib ketdi bir cheksiz armon. Farzandlar taqdiri chetga surildi, Nafsing deb orzular yerga koʻmildi. ✍✍✍Qushiq va sher Muallifi: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍