Musofir dardi
Musofir dardi Olis yurtda qolib ketdi koʻzlarimiz, Sogʻinch bilan toʻlib ketdi soʻzlarimiz. Kimsa bilmas tunlar bedor yigʻlaganim, Sinovlarga toʻlib ketdi yoʻllarimiz. Toʻqlikdan hech kimsa ketmas oʻz yurtidan, Yoʻqchilikning azobidan, gʻam dardidan. Musofirning dardi sindirar goh bizni, Panoh izlab ketdik taqdir izlaridan. Musofirning noni qattiq, yoʻli uzoq, Har qadamda qoʻyilgandek goʻyo tuzoq. Mehnat bilan oʻtib borar har bitta kun, Ona tuproq bugun bizdan ancha yiroq. Toʻqlikdan hech kimsa ketmas oʻz yurtidan, Yoʻqchilikning azobidan, gʻam dardidan. Musofirning dardi sindirar goh bizni, Panoh izlab ketdik taqdir izlaridan. Qarindoshim, eslab turing duolarda, Umr oʻtar sarson boʻlib bu joylarda. Inson bolasi sabr ila yengadi dardin, Nurli kunlar kutar bizni samolarda. Toʻqlikdan hech kimsa ketmas oʻz yurtidan, Yoʻqchilikning azobidan, gʻam dardidan. Musofirning dardi sindirar goh bizni, Panoh izlab ketdik taqdir izlaridan. ✍✍✍Qushiq va sher Muallifi: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍