Patentni vaqtida to‘ladim, lekin bekor qilishibdi — 14 июня 2026 г. в 16:42:22.595
Patentni vaqtida to‘ladim, lekin bekor qilishibdi Mart oyida patent olgan muhojir barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan, biroq ish topa olmagan. Keyinchalik patenti bekor qilingani ma’lum bo‘lgan. IIV xodimlari unga yangi patentni faqat bir yildan keyin rasmiylashtirishi mumkinligini aytishgan. ❗️Bu haqiqatan ham shunday. Qonunga ko‘ra, patent asosida ishlayotgan chet el fuqarosi patent olingan kundan boshlab ikki oy ichida mehnat faoliyati haqida bildirishnoma – “uvedomleniye” topshirishi shart. Agar bu bildirishnoma o‘z vaqtida topshirilmasa, patent barcha oylik to‘lovlar vaqtida to‘langan bo‘lsa ham bekor qilinishi mumkin. ⚠️ Patent shu sabab bilan bekor qilingan bo‘lsa, yangi patentni faqat bir yildan keyin rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun migrantlar shuni yodda tutishlari kerak: patent uchun to‘lovni amalga oshirishning o‘zi yetarli emas. Mehnat faoliyati haqida bildirishnomani ham o‘z vaqtida topshirish zarur. Aks holda Rossiyada ishlash huquqidan mahrum bo‘lish mumkin. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 📲 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

