“Urushga borasanmi?” — 27 июня 2026 г. в 17:29:43.898
“Urushga borasanmi?” — Xo‘sh, o‘rtoqlar, sizlarga maqomingizni qonuniylashtirish uchun Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash taklif etilmoqda. Rozimisizlar? — Yo‘q! Tulada harbiy tergov qo‘mitasi xodimlari Rossiya fuqaroligini olgan sobiq migrantlarning harbiy hisob qonunchiligiga rioya etishini tekshirish maqsadida reyd o‘tkazdi. Tadbirlar davomida 15 nafar shaxs tekshirildi. Ularning ikki nafari Rossiya pasportini olganidan keyin harbiy hisobga turmagani aniqlandi. Shu sababli ular keyingi tekshiruv ishlari uchun harbiy komissariatga olib ketildi. Harbiy komissariatdagi suhbat chog‘ida erkaklarga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash taklif qilindi, ammo ular bu taklifni qat'iy ravishda rad etishdi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

