𝟮𝟯 𝘆𝗶𝗹𝗹𝗶𝗸 𝗮𝘆𝗿𝗶𝗹𝗶𝗾𝗱𝗮𝗻 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴: 𝗼ʻ𝘇𝗯𝗲𝗸𝗶𝘀𝘁𝗼𝗻𝗹𝗶𝗸 𝗺𝗶𝗴𝗿�... — 25 июня 2026 г. в 09:45:24.826
𝟮𝟯 𝘆𝗶𝗹𝗹𝗶𝗸 𝗮𝘆𝗿𝗶𝗹𝗶𝗾𝗱𝗮𝗻 𝘀𝗼ʻ𝗻𝗴: 𝗼ʻ𝘇𝗯𝗲𝗸𝗶𝘀𝘁𝗼𝗻𝗹𝗶𝗸 𝗺𝗶𝗴𝗿𝗮𝗻𝘁 𝗻𝗶𝗵𝗼𝘆𝗮𝘁 𝘂𝘆𝗶𝗴𝗮 𝗾𝗮𝘆𝘁𝗱𝗶 Moskvada 20 yildan ortiq ogʻir sharoitlarda yashagan Oʻzbekiston fuqarosi Abduvohid Ergashev vataniga sogʻ-salomat qaytishga muvaffaq boʻldi. Asli Oqqoʻrgʻondan boʻlgan erkak Rossiyaga pul topish uchun hali 2003-yilda ketgan edi. Ishini yoʻqotganidan soʻng u barcha hujjatlaridan mahrum boʻldi va koʻchada qoldi. U bir rossiyalik ayol uning taqdiri haqida Facebook ijtimoiy tarmogʻida post qoldirguniga qadar Podmoskovening Dedovsk shahrida yashagan. Ayol erkakning boradigan joyi yoʻqligini, vatanida onasi, rafiqasi va farzandlari qolganini hamda uni yaqinlari aniq qidirayotganini yozgan. U odamlardan ma'lumotni tarqatishga yordam berishni soʻragan. Bu xabarga Migratsiya agentligi tezkorlik bilan munosabat bildirdi. Mutaxassislar erkakning shaxsini tez fursatda aniqladilar, uning Oʻzbekistondagi qarindoshlarini topdilar, uyiga qaytishi uchun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, samolyotga chipta sotib olishga yordam berishdi. 23 yil ayriliqdan soʻng erkak nihoyat oʻz oilasi davrasida, uyiga qaytib keldi. Migratsiya agentligi xorijda ishlash davomida qiyin vaziyatlarga tushib qolganda, 1282 qisqa raqami yoki @huquqiy_yordam_uzbot maxsus Telegram boti orqali yordam soʻrab murojaat qilish zarurligini eslatib oʻtadi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!

