𝗠𝘂𝘀𝘁𝗮𝗾𝗶𝗹𝗹𝗶𝗴𝗶𝗺𝗶𝘇𝗻𝗶𝗻𝗴 𝟯𝟱 𝘆𝗶𝗹𝗹𝗶𝗴𝗶 𝗺𝘂𝗯𝗼𝗿𝗮𝗸 𝗯𝗼‘𝗹𝘀𝗶𝗻! — 1 сентября 2026 г. в 07:52:17.357
𝗠𝘂𝘀𝘁𝗮𝗾𝗶𝗹𝗹𝗶𝗴𝗶𝗺𝗶𝘇𝗻𝗶𝗻𝗴 𝟯𝟱 𝘆𝗶𝗹𝗹𝗶𝗴𝗶 𝗺𝘂𝗯𝗼𝗿𝗮𝗸 𝗯𝗼‘𝗹𝘀𝗶𝗻! Aziz vatandoshlar, qadrli yurtdoshlar! 🎉 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Mustaqillik — xalqimizning asriy orzusi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, erkin va farovon hayot qurish imkonidir. Bugun dunyoning turli burchaklarida mehnat qilayotgan, oilasi va Vatani uchun halol rizq topayotgan musofir yurtdoshlarimiz — mehnat migrantlarini ham ushbu ulug‘ sana bilan alohida qutlaymiz. Qayerda bo‘lmaylik, qalbimizda Vatan mehri, tilimizda ona yurt nomi, ezgu niyatlarimizda O‘zbekiston bor. Sizlarning halol mehnatingiz, oila va yurt farovonligi uchun qilayotgan harakatlaringiz ham qadrlidir. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mehnatingizga baraka va yurtga omon-eson qaytish nasib etsin! Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, Vatanimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

