🍉 “Messi bo‘lsang, o‘zingga!” Kabo-Verde mundialga "muzqaymoq yegani" bormaganini isbo... — 4 июля 2026 г. в 07:02:34.245
🍉 “Messi bo‘lsang, o‘zingga!” Kabo-Verde mundialga "muzqaymoq yegani" bormaganini isbotladi 💬 Jahon chempionatining 1/16 final bosqich bahslari davom etmoqda. Kunning murosasiz kechgan,gollarga boy o‘yini Argentina va Kabo-Verde milliy terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Bu kecha Kabo-Verde futbolchilari maydonda Messi jamoasini “qiynab qo‘ydi”. ⚽️ Dastlab, 29-daqiqada Lionel Messi hisobni ochgan bo‘lsa, 59-daqiqada Deroy Duarte hisobni tenglashtiridi. Asosiy vaqtda hisob o‘zgarmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tildi. 📊 Qo‘shimcha vaqtning birinchi bo‘limida Lisandro Martines Argentinani yana oldinga olib chiqdi. Biroq 103-daqiqada Kabral turnirning eng chiroyli gollaridan birini urib, yana hisobni tenglashtirdi. Kristian Romero bosh bilan yo‘llagan zarbasi Diney Borgesga tegib, Kabo-Verde darvozasi to‘ridan joy oldi. ⚽️ Argentina-Kabo-Verde 3:2 💬 Lionel Skaloni shogirdlari 1/8 finalda Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shu bilan “ Kabo-Verde ertagi” tugadi. Biroq mittigina mamlakat vakillari boshni baland tutib, mag‘rur qaytishadi. Ular amaldagi jahon chempionlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatib, 400 ming kishilik orollar mamlakatini butun dunyoga tanitdi. __________________ 🍉Rukn homiysi: Arbuz pul o‘tkazmalari Arbuz – Ishonchli, foydali va tezkor. Promokod: Migrantuz #Mundial_kundaligi

