«Koreya ishi»: iddaolar, inkorlar va javobsiz qolgan savollar — 3 июля 2026 г. в 06:24:03.477
«Koreya ishi»: iddaolar, inkorlar va javobsiz qolgan savollar ▪️ So‘nggi kunlarda Koreyaga ishchi yuborish tizimi atrofidagi korrupsiya iddaolari keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Migratsiya agentligining Koreyadagi sobiq vakolatxona rahbari Azizbek Toshtemirov o‘zining «Koreya 24 soat» Telegram-kanali orqali audioyozuvlar, yozishmalar va boshqa materiallarni e’lon qilib, agentlik rahbariyatiga nisbatan qator jiddiy ayblovlarni ilgari surmoqda. Uning iddaolari Koreyaga ishchi yuborish jarayonidagi korrupsion sxemalardan tortib, qimmatbaho sovg‘alar, shaxsiy buyurtmalar va davlat mablag‘lari bilan bog‘liq masalalarni ham qamrab olmoqda. 💬 Agentlikning javobi: «Korrupsiya bo‘lgan, ammo hozirgi rahbariyatning unga aloqasi yo‘q» 📄 Aziz Toshtemirov tomonidan ilgari surilayotgan iddaolar keng muhokama qilinayotgan bir paytda Migratsiya agentligi ham o‘z pozitsiyasini bayon qildi. Agentlik matbuot kotibi Gulruh To‘layevaning Qalampir muxbiri bilan suhbatda ta’kidlashicha, jamoatchilik muhokama qilayotgan holatlarni baholashdan oldin Koreyaga ishchi yuborish tizimi qanday ishlaganini tushunish muhim. 🔗 Batafsil MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!

