🍉 “Qizil furiya” Jahon chempioni! — 20 июля 2026 г. в 05:31:08.620
🍉 “Qizil furiya” Jahon chempioni! 🇦🇷🇪🇸 Bir oydan ortiq davom etgan futbol bo‘yicha Jahon kubogi musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi. Mundial finalida jahon reytingi yetakchilari, amaldagi kubok egasi Argentina aksariyat mutaxassis va muxlislar tomonidan chempionlikka da’vogar deb sanalgan Ispaniyaga qarshi maydonga tushdi. 💬 Bu bahsda bronza medali uchun bo‘lib o‘tgan, gollarga boy Fransiya-Angliya uchrashuvi kabi tomoshabop o‘yin bo‘lishini kutish qiyin edi. Sababi, “toj” uchun kurashda aksar jamoalar ehtiyotkor va pragmatik futbol o‘ynashga harakat qiladi. Amalda shunday bo‘ldi ham. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Argentina bir kishi kam bo‘lib qoldi. Enso Fernandes Pau Kubarsiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam ikkinchi sariq kartochkani va ortidan qizil kartochkani ko‘rsatdi! Sloveniyalik Slavko Vinchich boshchiligidagi hakamlar o‘yinni yaxshi boshqardi va asosiy bo‘limlarda hisob ochilmadi. Ekstrataymning 106-daqiqasida o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to‘pni Niko Uilyams boshi bilan markaz tomonga yo‘naltirdi, Feran Torres esa kuchli zarba bilan to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. Bu gol Ispaniyaga Jahon kubogini olib keldi. ⚽️ Ispaniya-Argentina 1:0 🤩 Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi XXI asrda ushbu eng nufuzli musobaqada ikki bor zafar quchgan yagona terma jamoa bo‘ldi. Bungacha "Furiya Roxa" 2010-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi. Joriy asrda Braziliya (2002), Italiya (2006), Germaniya (2014), Fransiya (2018) va Argentina (2022) terma jamoalari bir martadan chempionlikni qo‘lga kiritgan. 📊 "OptaJoe" statistik portali xabariga ko‘ra, Argentina terma jamoasi futbol tarixida jahon chempionati finalining asosiy vaqtida raqib darvozasi tomon birorta ham aniq yoki noaniq zarba yo‘llamagan ilk jamoaga aylandi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, Argentina ustozi Skalone iste’fo berishini ma’lum qildi. 📈 Skaloni 2018-yildan beri Argentina terma jamoasi bilan ishlab kelmoqda: uning qo‘l ostida jamoa 104 ta o‘yindan 80 tasida g‘alaba qozondi, ikki bor Amerika Kubogi va “Finalissima”da zafar quchdi, 2022-yilda jahon chempioni bo‘ldi hamda 2026-yilda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri, tirik afsona Leonel Messi uchun esa bu so‘nggi Jahon chempionati sifatida tarixda qoladi. ¡Felicidades por la victoria! __________________ 🍉Rukn homiysi: Arbuz pul o‘tkazmalari Arbuz – Ishonchli, foydali va tezkor. Promokod: Migrantuz #Mundial_kundaligi

