🍉 +18. Mayamida bronza uchun “jang”. Fransuzlar inglizlarga qarshi — 19 июля 2026 г. в 05:25:27.242
🍉 +18. Mayamida bronza uchun “jang”. Fransuzlar inglizlarga qarshi 🇫🇷🏴 Jahon chempionatining 3-o‘rin uchun bahsida prinsipial raqiblar Angliya va Fransiya maydonga chiqdi. Aytish kerakki, bu “jang” Fransiya va Angliya qirolliklari o‘rtasida 1337 yildan 1453 yilgacha bo‘lib o‘tgan "100 yillik urush"ning stadiondagi davomiga o‘xshadi. Darvozlarga 10 ta gol urildi. Dahshat! 💬 O‘yinning 3-daqiqasida Emerinining xatosidan so‘ng to‘pni egallab olgan ingliz “to‘pchi”si Deklan Rays uzoq masofadan Menyan darvozasini ishg‘ol qildi. 📇 18-daqiqada belgilangan burchak to‘pini Rays tepdi va Konsa boshi bilan hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. ⚽️ Ochiq va tomoshabop futbol bahsining 37-daqiqasida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqqan Reshford gol ura olmadi, Menyan mahorat ko‘rsatdi, biroq hujum to‘xtab qolmadi. Darvoza tomon Sakaning tepgan to‘pi himoyachidan yana Reshfordga kelib tushdi. Reshford to‘pni Sakaga uzatdi va “to‘pchi” uchrashuvdagi o‘zining birinchi golini urdi. Birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ezening uzatmasini qabul qilib olgan Saka yana Menyan darvozasini “ishg‘oq qildi” va dubl qayd etdi. Inglizlar tanaffusga 4 ta to‘p ustunligi bilan chiqib ketdi. 💬 Fransiya ikkinchi taymda o‘ziga kela boshladi. O‘yinning 47-daqiqasida Olisening uzatgan to‘pini fransuzlar “qo‘mondoni” Mbappe Henderson darvozasiga joyladi. Bu uning mundialdagi 9-goli bo‘ldi. 54-daqiqada esa Barkolya hisobni yanada qisqartiruvchi jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Shiddatli hujumlar to‘xtamadi. 66-daqiqada Mbappe yana katta sahnaga chiqdi va hisobdagi farqni 1 taga qisqartirib, o‘z dublini rasmiylashtirdi. 85-daqiqada Spens jarima maydoni ichida Gusto tomonidan yiqitildi va penalti belgilandi. Saka mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oldi va jamoasining ushbu bahsdagi 5-golini kiritdi. Xet-trik! 📊 O‘yinga 7 daqiqa qo‘shib berildi. Qo‘shib berilgan vaqtning 6-daqiqasida Dembele jamoasining 4-golini kiritdi. Upamekoni markazda to‘pni egallab, hujum tomonga yugurdi va Usmonga to‘p uzatdi. Dembele vaziyatni uvol qilmadi. 8-daqiqada esa gol urish navbati zahiradan maydonga tushgan Bellingemga keldi. Fransuzlar maydonida to‘pni egallagan Jud darvozagacha uni hech kimga bermadi. Barcha raqiblarni aldab, “jang”ga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Fransiya-Angliya 4:6 Mana, sizga bronza uchun dahshatli “jang”. Shu tariqa Tomas Tuxel murabbiyligidagi Angliya milliy terma jamoasi 2026 yilgi mundialni bronza medali bilan yakunladi. __________________ 🍉Rukn homiysi: Arbuz pul o‘tkazmalari Arbuz – Ishonchli, foydali va tezkor. Promokod: Migrantuz #Mundial_kundaligi

