Rossiya armiyasida 151 mamlakatdan kelgan yollanma askarlar jang qilmoqda
Rossiya armiyasida 151 mamlakatdan kelgan yollanma askarlar jang qilmoqda 2026-yil 1-oktyabr holatiga köra, Rossiya Qurolli kuçlari bilan şartnoma imzolagan 45 959 nafar xorijlikning şaxsi aniqlangan. Ular 151 mamlakat va tan olinmagan hududlar vakillaridir. Bu haqda Ukraina harbiy asirlar bilan muomala qiliş masalalari böyiça Muvofiqlaştiruvçi ştab kotibi, brigada generali Dmitriy Usov «Crimea Global. Understanding Ukraine through the South» xalqaro konferentsiyasida maʼlum qildi. «Xoçu jit» loyihasi maʼlumotlariga köra, Rossiya armiyasiga xorijliklarni jalb qiliş kölami yildan-yilga ortib bormoqda: • 2022-yilda — 94 nafar; • 2023-yilda — 4 067 nafar; • 2024-yilda — 8 877 nafar; • 2025-yilda — 16 085 nafar; • 2026-yilning 9 oyida — 16 168 nafar. Şu tariqa, 2026-yilning dastlabki 9 oyida Rossiya armiyasi bilan şartnoma imzolagan xorijliklar soni 2025-yildagi butun yillik körsatkiçdan ham oşgan. Rossiyaning 2026-yil uçun rejasi 18 500 nafar xorijlikni jalb qilişdan iborat. Hozirda har oyda örtaça 1 800 nafar xorijlik şartnoma imzolayotgani aytilmoqda. Agar şu surʼat saqlansa, reja noyabr oyidayoq bajarilişi, yil oxiriga kelib esa yangi şartnoma imzolaganlar soni 21 500 nafarga yetişi mumkin. Xorijliklarni jalb qiliş böyiça eng yuqori körsatkiçlar Özbekiston, Tojikiston va Belarusga töğri keladi. Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa jalb qiliş jarayoni tez surʼatlarda ösib bormoqda. Jumladan, 2026-yilning 9 oyida Rossiya Qurolli kuçlari bilan Kolumbiyaning 1 449 nafar, Burundining 699 nafar, Zimbabvening 530 nafar va Peruning 503 nafar fuqarosi şartnoma imzolagan. Ukrainada 2022-yildan beri 59 mamlakatdan yuzlab fuqaro harbiy asirga tuşgan. Ular örtasida ötkazilgan sörov natijalari quyidagiça: • 46,7 foizi Rossiya fuqaroligini oliş uçun şartnoma imzolaganini bildirgan; • 28 foizi Ukrainaga qarşi jang qilişini bilmaganini aytgan; • 41,4 foizi harbiy komissariatlar va şartnoma asosida harbiy xizmatga qabul qiliş punktlari orqali jalb qilingan; • 48,8 foizi yaralangani sababli asirga tuşgan; • 79 foizi Rossiyaga asirlar almaşinuvi orqali qaytişni xohlaşini bildirgan. Sörov natijalarida ayrim xorijliklar Rossiya fuqaroligi va pul vaʼdalaridan keyin harbiy xizmatga jalb qilingani qayd etilgan. Manbada ularning bir qismi keyinçalik jang maydonida oğir vaziyatga tuşib, Ukraina tomonidan asirga olingani taʼkidlanadi. MAX'ga a'zo böliş uçun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan çegarasiz internetga ulaning!