Sankt-Peterburgdagi Sennoy bozorida ötkazilgan tekşiruvlar yuzasidan Boş konsulxona mun...
Sankt-Peterburgdagi Sennoy bozorida ötkazilgan tekşiruvlar yuzasidan Boş konsulxona munosabat bildirdi 🗣 Özbekistonning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasi 2026-yil 16-oktyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridagi Sennoy bozori va unga tutaş hududlarda ötkazilgan tekşiruv tadbirlari munosabati bilan rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlum qilinişiça, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tadbirlar davomida xorijiy fuqarolarning Rossiya hududida bölişi va mehnat faoliyatini amalga oşirişiga oid hujjatlari tekşirilgan. Şuningdek, Rossiya fuqaroligini olgan şaxslarning harbiy hisobga qöyilgani ham örganilgan. Tekşiruvlar vaqtida bozor hududidan çiqiş vaqtinça çeklangan. Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi Özbekistonning Sankt-Peterburg şahridagi Boş konsulxonasi bilan hamkorlikda vaziyatni kuzatib bormoqda va yurtdoşlarimiz bilan doimiy aloqada bölib turibdi. Boş konsulxona va Migratsiya agentligi fuqarolarimizning huquq va qonuniy manfaatlari buzilişi holatlari aniqlangan taqdirda, ularni himoya qiliş böyiça tegişli çoralar köradi. Huquqiy yordam oliş uçun Migratsiya agentligining Moskvadagi vakolatxonasining +7 495 803-40-00 raqamli işonç telefoniga hamda @huquqiy_yordam_uzbot Telegram boti orqali 24/7 murojaat qiliş mumkin. Yurtdoşlarimiz xorijda böliş va mehnat faoliyatini amalga oşiriş davrida mezbon davlatning migratsiya qonunçiligiga rioya etişlari lozim. MAX'ga a'zo böliş uçun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan çegarasiz internetga ulaning!