Özbekiston va AQŞ örtasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama ...
Özbekiston va AQŞ örtasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio iştirokida Amerika–Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşining yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. Yiğilişda yuzdan ortiq kompaniya vakillari iştirok etib, investitsiyalarni jalb qiliş, biznesni rivojlantiriş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qildi. Qayd etilişiça, yangi kengaşning taşkil etilişi ikki mamlakat örtasidagi şeriklikni rivojlantiriş va iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi. Hamkorlikning navbatdagi bosqiçida erişilgan kelişuvlarni amaliy natijalarga aylantiriş, jumladan, yangi investitsiyalarni jalb etiş, zamonaviy korxonalarni taşkil qiliş va qöşimça iş örinlarini yaratişga alohida e’tibor qaratiladi. MAX'ga a'zo böliş uçun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan çegarasiz internetga ulaning!