Ey birodar
Ey birodar Zamon oshar borgan sari beomon Yaxshilikni unutmoqda koʻp inson Yirtqich kabi oʻz nafsiga qul boʻlib Mehr-oqibat yoʻqolmoqda har zamon Ey birodar bu dunyoda boʻrilar koʻp Lekin aslo insonlikdan sen kechmagin Borar manzil hammamizga bittadur Omonatdir bu umrni xor etmagin Qiyofadosh insonlarga boqaman Yurakdagi gʻuborlarni yoqaman Hayvon kabi bir-birini talashar Men haqiqat daryosida oqaman Ey birodar bu dunyoda boʻrilar koʻp Lekin aslo insonlikdan sen kechmagin Borar manzil hammamizga bittadur Omonatdir bu umrni xor etmagin Mol-dunyoning ortidan chopma buncha Har bir qadam sinovlidir oʻlguncha Yaxshi noming qolsin faqat ortingda Yurakdagi toza nurlar soʻnguncha Ey birodar bu dunyoda boʻrilar koʻp Lekin aslo insonlikdan sen kechmagin Borar manzil hammamizga bittadur Omonatdir bu umrni xor etmagin ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍