Halol va harom
Halol va harom Dunyo oʻzi bir sinovli saroydir, Kimdir boydir, kimdir esa nochordir. Birov haqqin yeganlarning toʻymas koʻzi, Ertaga fosh boʻlar yolgʻon har soʻzi. Sudxoʻrlikdan asragin sen oʻzingni, Yomonlikka burmagin hech yuzingni. Halol luqma eng buyuk bir saodat, Haq yoʻlida topiladi halovat. Qarz beribon ustiga pul qoʻsharlar, Gʻofil dillar shu yoʻsinda yasharlar. Yetim-yesir koʻz yoshiga boqmaydi, Bunday feʼllar yaratganga yoqmaydi. Sudxoʻrlikdan asragin sen oʻzingni, Yomonlikka burmagin hech yuzingni. Halol luqma eng buyuk bir saodat, Haq yoʻlida topiladi halovat. Ertaga bor hisob-kitob kuni ham, Tugab bitar bu dunyoviy orzu-gʻam. Haq egasi soʻrar albat haqqini, Toza tutgin nomusingni, shaʼningni. Sudxoʻrlikdan asragin sen oʻzingni, Yomonlikka burmagin hech yuzingni. Halol luqma eng buyuk bir saodat, Haq yoʻlida topiladi halovat. ✍✍✍Muallif: Ergashev Erali Alisherovich ✍✍✍