Assalomu alaykum! Siz uchun juda ta'sirli va chuqur ma'noli sherlarim sizlar uchun 🕊️✨
Assalomu alaykum! Siz uchun juda ta'sirli va chuqur ma'noli sherlarim sizlar uchun 🕊️✨ Eslat Ollohim Bu foniy dunyoning zavqi aldovdir, Har o'tgan onimiz buyuk sinovdir. G'aflatda qolmasin bu ojiz qalbim, To'g'ri yo'l ko'rsatgin menga yo Rabbim. O'limimni doim eslat Ollohim, Kechirgin gunohim, bo'lgin panohim. Iymon nuri bilan yorishsin dillar, Ezgu amallarga boshlasin yo'llar. Molu dunyo qolar bir kun ortimda, Yaxshilik yashasin faqat yodimda. Nafsimning izidan ergashtir magan, Qalbimni qorong'u zulmatga solgan. O'limimni doim eslat Ollohim, Kechirgin gunohim, bo'lgin panohim. Iymon nuri bilan yorishsin dillar, Ezgu amallarga boshlasin yo'llar. Har nafas omonat berilgan bizga, Quloq tutaylik biz har ezgu so'zga. Kelganda so'nggi dam bo'laylik omon, Iymon bilan ketish nasib et har on. O'limimni doim eslat Ollohim, Kechirgin gunohim, bo'lgin panohim. Iymon nuri bilan yorishsin dillar, Ezgu amallarga boshlasin yo'llar. ✍️✍️Muallif: ERGASHEV ERALI ALISHEROVICH🙏🙏🙏